Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:17

Turkiya Bosh vazirining o‘z iste’fosini e’lon qilishi kutilmoqda


Bugun Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘lining o‘z lavozimiga iste’fo berajagini e’lon qilishi kutilmoqda.

Mahalliy va G‘arb matbuotiga ko‘ra¸ prezident Rajap Toyyip Erdo‘g‘on bilan yuzaga chiqqan siyosiy ziddiyat ortidan Dovuto‘g‘li hukumatdan ketishga qaror qilgan.

Uzoq vaqt yaqin ittifoqchi bo‘lib kelgan ikkala siyosatchining chorshanba kuni uzoq cho‘zilgan muzokaralari davomida tomonlar murosaviy echimga kela olmagan.

G‘arbda islohotchi sifatida obro‘ qozongan Ahmat Dovuto‘g‘lining hokimiyatdan ketishi Anqaraning YeI va AQSh bilan munosabatlarida yangi murakkabliklar yuzaga chiqarishi mumkin.

Mustaqil tahlilchilar¸ Dovuto‘g‘lining iste’foga ketish qarorini¸ prezident Erdo‘g‘onning Turkiya hayotida tobora yakka hokimga aylanib borayotgani¸tanqid va o‘zgacha fikrni qabul qilmay qolganining yana bir natijasi sifatida talqin etmoqdalar.

XS
SM
MD
LG