Линклар

Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari 10-18 may kunlari Ukrainada maxsus missiyani amalga oshiradi. MissiyaKiev hukumati o‘tkazayotgan islohotlar ukrain iqtisodini qutqarish uchun ajratilgan 17¸5 milliard dollarlik qarzning navbatdagi qismini berish uchun etarlimi¸ degan savolga javob topishi kerak.

14 aprel kuni Volodimir Hrosiman Ukraina Bosh vaziri sifatida ish boshlashi arafasida XVJ bosh direktori yangi hukumat boshqaruvni yaxshilab¸ korrupsiyaga qarshi jiddiy kurashmasa¸ qutqaruv dasturi to‘xtatilishidan ogohlantirgan edi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ukrainaga va’da qilingan dasturi Kiev hukumatining muhlati kelgan qarzlarini to‘lash va iqtisodiy-siyosiy islohotlarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

17¸5 milliard dollarlik qarzning uchinchi bo‘lagini Kievga berish bu pullarning korruptsiyalashgan hukumat rasmiylari tomonidan o‘g‘irlanish ehtimoli bilan bog‘liq xavotirlar ortidan¸ oktyabrь oyidan beri to‘xtatib qo‘yilgan

XS
SM
MD
LG