Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:41

Harvard universiteti yana dunëning eng obro‘li o‘quv dargohi deb topildi


Britaniyada chiqadigan Times Higher Education nashri o‘tkazgan World Reputation Ranking global so‘rovi xulosasiga ko‘ra¸ AQShdagi Harvard universiteti yana bir bor jahondagi eng obro‘li universitetlar reytingining 1-pog‘onasiga qo‘yildi.

Harvard universiteti makur reytingdagi birinchilikni yillardan beri saqlab kelmoqda.
Eng obro‘li universitetlari ro‘yxatining 2-3 pog‘onalariga AQShdagi yana ikki o‘quv dargohi – Massachuset texnologiya instituti va Stenford universiteti qo‘yildi.
Britaniyaning qadimiy Kembrij va Oksford universitetlari mazkur reyningning 4-5-o‘rinlarini egalladi.
Jahondagi obro‘li universitetlar yuzligiga Rossiyadagi uch o‘quv yurti – Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti¸ Sankt-Peterburg davlat universiteti va Moskva fizika-texnika instituti ham kirdi.
Markaziy Osiyoning biror universiteti jahondagi obro‘li o‘quv dargohlari ro‘yxatidan joy ola olmadi.
World Reputation reytingi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-tadqiqotchilari orasida o‘tkaziladigan so‘rov xulosasiga ko‘ra tuziladi.
O‘z sohalarida saboq berish va tadqiqot olib borish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 15 universitetni sanash so‘ralgan bu yilgi so‘rovda 133 davlatdagi 10 mingdan oshiq odam ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG