Линклар

logo-print

Global iliqlashuv oqibatida ichimlik suvi taqchillashib borishining iqtisodga ta’sirini o‘rganib chiqqan Jahon banki mutaxassislari¸ suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanmaslikyalpi milliy mahsulotlar hajmining qisqarishiga olib kelishidan ogohlantirdi.

Jahon banki maxsus hisobotida¸ 2050 yilga borib ichimlik suv taqchilligi oqibatida Yaqin Sharq va Afrika iqtisodlarining 14 foizgacha¸ Markaziy Osiyodagi yalpi milliy mahsulot hajmining esa¸ 11 foizgacha qisqarishini bashorat qildi.

Ayni paytda bank tahlilchilari¸ Markaziy Osiëda mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘lga qo‘yilsa¸ mintaqada o‘z iqtisodini 2050 yilgacha¸ aksincha¸ 11 foizga o‘stirish imkoni borligini ham qayd qildi.

Yagona dengizi qurib¸ global iliqlashuv tufayli tog‘lardagi muz va qor qatlamlari ham yupqalashib borayotgan Markaziy Osiyo¸ jahonda suvni eng ko‘p isrof qilayotgan hududlardan biri sanaladi.

XS
SM
MD
LG