Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:46

2016 yilning uch oyida o‘zbek iqtisodiga 732 million dollar sarmoya kirgan


O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligining ma’lum qilishicha¸ 2016 yilning birinchi choragida mamlakatga kiritilgan xorij investitsiyalari miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga oshgan va 732 million AQSh dollaridan oshgan.

Vazirlikka ko‘ra¸ bu sarmoyalarning 563 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan chet el investitsiyalaridir.

Rasmiy bayonotda¸ hukumatning investitsion dasturi doirasida 2016 yil boshidan beri 368 ta sarmoya loyihalarini amalga oshirishga kirishilgani va umumiy qimmati 76¸4 million dollarlik 12 ta yirik ishlab chiqarish ob’ektlari ishga tushirilgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG