Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:01

OzodNazarPlus: “Toshkentning Farhod bozoriga shpanalar uya qurib oldi”


Publitsist Sharof Ubaydullaevning aytishicha, u Toshkent shahridagi Farhod bozorida savdo qiluvchilar uchun ajratilgan avtoturarjoydagi bozorni, bu yerdagi g‘ayriqonuniy ishlarni kamida 5 oydan buyon kuzatdi, “bozor”da olib borilayotgan noqonuniy savdo va uni nazorat qiluvchi shaxslarning noqonuniy ishlariga prokuraturaning e’tiborini qaratishga urindi.

Lekin aytishicha, shu paytgacha, prokuratura avtoturarjoydagi bozorning noqonuniy ekanligini tan oldiyu... lekin bozor hanuz ishlamoqda.

OzodNazarPlus rukni ostida, odatda, OzodNazar eshittirishi jarayonida suhbatdoshimiz qilgan “lirik chekinish”larni berib boramiz. Biroq bugun OzodNazarPlus publitsist Sharof Ubaydullaevga kart-blansh berdi: mavzuni o‘zi tanladi, uni yoritdi, mavzu yuzasidan prokuratura bilan yozishmalarini hamda 5 oydan buyon o‘rgangani noqonuniy bozordan 5 may kuni olgan suratlarini taqdim etdi:

Tajribali jurnalist bugungi eshittirish uchun hatto sarlavha ham taklif qildi. Mana o‘sha sarlavha:

“Farhod bozoriga uya qurgan shpanalar va ulardan bezor bo‘lgan Maysaraning orzulari”

OzodNazarPlus: Шароф Убайдуллаев ноқонуний бозор ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:29 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG