Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:52

K. Yo‘ldosh: Erdo‘g‘onni mohir strateg bo‘lgan yana bir safdoshi tark etdi


Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘li o‘z lavozimidan iste’fo berganini ma’lum qildi. U partiya rahbarligi va bosh vazirlik lavzimidan ketishi "Adolat va taraqqiyot" ​partiyasi istiqboli uchun yaxshi o‘zgarish bo‘ladi, degan qaror kelganini aytdi. Ammo, mahalliy va G‘arb matbuotiga ko‘ra, u prezident Rajap Toyyip Erdo‘g‘on bilan yuzaga chiqqan siyosiy ziddiyat ortidan ketishga qaror qilgan.

Payshanba kuni tushdan keyin matbuot anjumani o‘tkazgan Ahmat Dovuto‘g‘li bosh vazirlik va "Adolat va taraqqiyot" partiyasi raisligiga boshqa nomzodini qo‘ymasligini ham bildirdi va shunday ta’kidladi:

"Safdoshlarimiz va jumhuriyatimiz rahbari bilan muloqotlardan so‘ng, partiya birligi va barobarligi uchun, safdoshlar o‘zgarganidan ko‘ra, bosh vazir o‘zgargani yaxshiroq, degan qarorga keldim. Shuni yana bir bor ta’kidlaymanki, men partiyamiz uchun bergan so‘zim va jumhuriyatimiz rahbari bilan o‘zaro ahdimizga sodiq qolaman. U kishining oilasi mening oilamdir, u kishining obro‘si - mening obro‘yimdir. Biror kishi mening nomimdan foydalanib, o‘rtaga fitna solishga urinmasin!" dedi.

Turkiyalik siyosatchi va kuzatuvchilar bu voqeani Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda uning partiyasi uchun katta yo‘qotish sifatida baholamoqdalar.

G‘arbda islohotchi sifatida obro‘ qozongan Ahmat Dovuto‘g‘lining hokimiyatdan ketishi Anqaraning YeI va AQSh bilan munosabatlarida ham yangi murakkabliklar yuzaga chiqarishi mumkin.

Mustaqil tahlilchilar, Dovuto‘g‘lining iste’foga ketish qarorini, prezident Erdo‘g‘onning Turkiya hayotida tobora yakka hokimga aylanib borayotgani,tanqid va o‘zgacha fikrni qabul qilmay qolganining yana bir natijasi sifatida talqin etmoqdalar.

Shu kunda Istanbulda yashayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Kamoliddin Yo‘ldosh ham bu fikrlarga qo‘shilarkan, Dovuto‘g‘lini Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Aqaevga qiyosladi:

- Dovuto‘g‘li ham xuddi Aqaev kabi olim odam. Bundan tashqari, bu kishi mohir strateg ham. U kishining "Strategik teranlik" nomli kitobi juda yaxshi yozilgan. Bu kishining bosh vazirligida Turkiya o‘z qo‘shnilari bilan jiddiy mojarolarga kirmadi, hatto Armaniston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Menimcha, bu kishining hokimiyatdan ketishiga Erdo‘g‘onning keyingi yillarda o‘zgarib borayotgan siyosati sabab va bu kishi ana shu siyosatga noroziligini namoyishkorona tarzda bildirdi, - deydi Kamoliddin Yo‘ldosh.

Quyida u kishi bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

К.Йўлдош: Эрдўғонни моҳир стратег бўлган яна бир сафдоши тарк этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:21 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG