Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:02

Frankfurtdagi politsiya binosi oldida o‘q uzilishi oqibatida 3 kishi yaralandi


Germaniyaning Frankfurt shahri ko‘chalaridan biridagi politsiya binosi oldida sodir etilgan otishmada kamida uch kishi yarador bo‘ldi.

Xabarlarda aytilishicha, odamlarga qarata yurib ketayotgan avtomashina ichidan turib o‘q uzilgan. Guvohlarga ko‘ra, kamida o‘n marta o‘q otilgan.

“Bu jinoyat ortida kim turgani noma’lum, faqat bu ish jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan, degan taxmin mavjud xolos”, deb bildirgan mahalliy matbuotga politsiya rasmiylari.

O‘q otgan odamlar yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG