Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:28

Toshkentning Chilonzorida qayta qurish ishlari boshlab yuborildi


Toshkentning Chilonzor tumanida keng miqyosli qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda 5 may kuni AsiaTerra nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Toshkentda yozda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti oldidan poytaxt qiyofasini o‘zgartirish dasturi asosida Chilonzordagi barcha eski binolar, vaqtinchalik qurilmalar, jumladan, kafe va avtobus bekatlari ham buzilmoqda.

Chilonzordagi qayta qurish Toshkentda o‘tgan yilning avgustida boshlangan keng miqyosli rekonstruksiyaning bir qismi hisoblanadi.

O‘zbek matbuotining xabar berishicha, asosan prezident trassasi bo‘yidagi binolar rekonstruksiya qilinmoqda.

O‘zbekiston vazirlar mahkamasining 2016 yil 5 aprelda qabul qilingan Toshkent transport infrastrukturasini mukammallashtirish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, qator ko‘chalarni kengaytirish ham nazarda tutilgan.

XS
SM
MD
LG