Линклар

Moskvada terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olingan 12 kishidan 9 nafari O‘zbekiston, 2 nafari Rossiya va 1 nafari Qirg‘iziston fuqarosidir. Bu haqda payshanba kuni Markaziy Osiyo yangiliklar xizmati xabar berdi.

4 may kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “qator terrorchilik hujumlarini amalga oshirishni rejalashtirgan Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolar guruhi qo‘lga olingani”ni bildirgan edi.

“Novosti” agentligining yozishicha, markaziy osiyoliklar Moskvada o‘tkazilgan aksilterror amaliyotlari paytida qo‘lga olingan.

Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotnomasida ta’kidlanishicha, “qo‘lga olingan shaxslar Suriya va Turkiya hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro terror tashkilotlari rahbarlari ko‘rsatmasi asosida harakat qilgan”.

“Infterfaks” agentligi qo‘lga olinganlardan katta miqdorda qurol va portlovchi moddalar musodara qilinganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG