Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:29

Nazarboev yer sotilishiga asos yaratuvchi qonunga moratoriy e’lon qildi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakatning bir qator hududlarida o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan payshanba kuni qishloq xo‘jalik yerlarini sotishga asos yaratgan qonunga 2017 yilgacha moratoriy e’lon qildi.

Qozog‘istonda Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga qarshi namoyishlar 24 apreldan boshlanib ketgan edi. Namoyishlarda norozilar hukumatga qarshi chaqiriqlarni ayta boshlagan. Namoyishchilardan ayrimlari hibs qilinib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Nazarboev dastlab norozlik namoyishlari fitnachilar tomonidan uyushtirilayotganini aytib chiqqan, hukumatga moyil matbuot esa namoyishlarda “g‘arbning qo‘li bor”ligini iddao qilgan.

Qishloq xo‘jalik yerlarini sotishga asos yaratuvchi Yer kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun joriy yilning 1 iyulidan kuchga kirishi kutilayotgan edi.

XS
SM
MD
LG