Линклар

Farg‘ona viloyatidan bog‘langan haydovchi Ergash Qo‘shmatov shu kunda avtomobili gaz bilan yuradigan ko‘plab haydovchilarni o‘ylantirgan savolni o‘rtaga tashladi.

Hozir O‘zbekistonda rasman "sifatsiz va portlovchan gaz ballon" deb malakalanayotgan, xalq orasida esa "kapron ballon" deb iste’molga kirib ketgan gaz ballonlari taqiqlanarkan, Qo‘shmatov, bularga to‘langan pulni kim qaytaradi, deb so‘radi.

Quyida u kishi bilan suhbatni tinglang:

2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stantsiyalari va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Shu qaror asosida keyingi yillarda "sifatsiz va portlovchan gaz ballonlari mashinalardan majburiy tarzda oldirib tashlanmoqda.

Gazning ballonda bosim ostida saqlanishi dizel va benzin yonilg‘isiga qaraganda anchagina xavfli, degan fikr mavjud. Shu bois Yevropa mamlakatlarida gaz bilan yuradigan mashinalarning yer ostidagi ommaviy yopiq garajlarga kirishiga taqiq qo‘yilgan.

O‘zbekistonning bir nechta viloyatida avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarning portlashi oqibatida odamlar nobud bo‘lgani faktlari bor.

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG