Линклар

Al-Qoyda guruhi Afg‘onistondagi Tolibon harakati bilan hamkorlikni kuchaytirib, hukumat kuchlariga qarshi hujumlar ko‘lamini oshirishi mumkin, deya bayon qildi 5 may kuni NATO matbuot vakili.

“Alohida kuch sifatida ular Afg‘oniston hukumatiga jiddiy tahdid tug‘diradi, deya hisoblamaymiz”, dedi brigada generali Charlz Klivlend. “Al-Qoyda Tolibon bildan yaqindan ishlay boshlayotgani bois, ular Tolibonga hujumlar ko‘lamini oshirish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

O‘tgan yilning kuz oylarida Al-Qoyda guruhi yetakchisi Ayman az-Zavahiriy Tolibonning yangi yetakchisi Mulla Axtar Mansurni yoqlashini e’lon qilgan edi.

General Klivlendning aytishicha, bu ikki guruh o‘rtasida “o‘sha paytdan beri hamkorlik oshgani kuzatilmoqda”. Uning taxmin qilishicha, Afg‘onistonda Al-Qoydaning 100dan 300 nafargacha jangarisi bor. “Ularning salohiyati sezilarli tarzda zaiflashtirilgan bo‘lsa-da, tez orada faollashish imkoniyatini saqlab qolmoqda va shu bois hamon tahdid tug‘dirishi mumkin”, dedi NATO vakili.

General shuningdek, Tolibon ham joriy yilda qoradori hosilidan tushadigan daromad tufayli salohiyati oshishi mumkinligidan ogohlantirdi.

XS
SM
MD
LG