Линклар

Qozog‘istonda yerni xususiylashtirish to‘g‘risidagi munozarali qonun bilan bog‘liq janjal ortidan yana bir vazir ishdan ketdi. Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatining bildirishicha, Qishloq xo‘jalik vaziri Asiljan Mamitbekov 6 may kuni iste’foga ketgan. Bir kun avval prezident Nursulton Nazarboev vazirni o‘z lavozimiga noloyiqlikda tanqid qilgan edi.

5 may kuni prezident Nazarboev davlatga qarashli qishloq xo‘jaligi yerlarini xususiylashtirishga oid munozarali rejalarga moratoriy joriy qilishidan bir necha daqiqa avvalroq Qozog‘iston Iqtisodiyot vaziri Erbo‘lat Dosaev o‘rinbosari bilan birga iste’fo berdi.

Aynan Dosaev 30 mart kuni davlatga qarashli ekin yerlari 1 iyuldan boshlab kimoshdi savdosiga qo‘yilishini e’lon qilgan edi. Dosaev e’lon qilgan rejalar butun Qozog‘iston bo‘ylab shahar va qishloqlarda yirik noroziliklarni keltirib chiqardi.

Norozilar kimoshdi savdosiga korrupsiya aralashishidan xavotir bildirishdi.

XS
SM
MD
LG