Линклар

Armaniston Mudofaa vazirligi o‘z chegara maskanlari Ozarbayjon tarafidan o‘qqa tutilganini bildirdi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, 7 mayga o‘tar kechasi chegaraning shimol-sharqiy qismi Ozarbayjon tomonidan hujumga tutilgan, 82 millimetr kalibrdagi qurollar ishlatilgan.

Ozarbayjon tomonidan hozircha Yerevan hukumati bayonotiga munosabat bo‘lmadi.

Tog‘li Qorabog‘da otishmalar 2 aprelda boshlangan va uch kun o‘tib tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishishgandi.

Qurolli to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odam nobud bo‘lgani bildirilgan.

XS
SM
MD
LG