Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:26

GDR sobiq rahbarining bevasi Margot Xonekker olamdan o‘tdi


Germaniyalik siyosatchi, Germaniya Demokratik Respublikasi sobiq rahbari Erix Xonikkerning bevasi Margot Xonikker 89 yoshida Chilida vafot etdi.

Bu haqda uning oilasi ma’lum qildi. Margot Xonikker 1992 yildan buyon Chilida yashayotgandi.

U GDR kommunistlar partiyasining faol a’zosi bo‘lgan. 1963 yildan 1989 yilgacha Sharqiy Germaniya Maorif vaziri bo‘lib ishlagan.

Uning eri Erix Xonikker 1971 yildan Berlin devori qulatilgan 1989 yilgacha GDRga rahbarlik qilgan. Xonikker 1994 yilda olamdan o‘tgan edi.

XS
SM
MD
LG