Линклар

logo-print

Londonga ilk bor musulmon siyosatchi hokim etib saylandi


Sodiq Xon ham, rafiqasi Saadi Ahmad ham avtobus haydovchisining farzandi bo‘lgan.

Sodiq Xon ham, rafiqasi Saadi Ahmad ham avtobus haydovchisining farzandi bo‘lgan.

London meri lavozimi uchun payshanba kuni o‘tkazilgan saylovda Leyboristlar partiyasidan nomzodi ilgari surilgan Sodiq Xon g‘alaba qozondi. Shunday qilib kelasi to‘rt yil davomida Britaniya poytaxtini ilk bor musulmon siyosatchi boshqaradigan bo‘ldi.

Etnik kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan 46 yoshli Sodiq Xon yurist, inson huquqlari kurashchisi bo‘lgan.

2008 yildan 2009 yilgacha u mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish masalalari bo‘yicha vazir bo‘lib ishlagan, 2009 yildan 2010 yilgacha Buyuk Britaniya transport vaziri bo‘lgan.

Avtobus haydovchisining o‘g‘li bo‘lgan Sodiq Xon London hokimligiga saylanishi ortidan jurnalistlar oldida qilgan chiqishida: "Meni otam o‘ziga uy tutingan London shahri uni farzandlaridan birini hokim etib tanlaganidan juda fahrlangan bo‘lar edi", - deb ta’kidladi.

Sodiq Xon pokistonlik muhojir oilasida tug‘ilgan.

Uning ota-onalari Omonullo va Sehrun Xonlar 1970 yilda Pokistondan Britaniyaga ko‘chib kelishgan.

Sodiq Xon esa Britaniyada tug‘ilgan, oiladagi sakkiz farzandning beshinchisi bo‘lgan.

Otasi Omonullo 25 yil avtobus haydovchisi bo‘lib ishlagan. Onasi tikuvchilik qilgan.

Sodiq Xon London janubidagi qashshoq tumanda avtobus haydovchisi oilasida kichkinagina kvartirada katta bo‘lgan.

U maktabdan keyin va ta’til vaqtlarida qurilishda ishlagan. Futbol ishqibozi bo‘lgan Sodiq Xon o‘zi va oilasi Britaniyada irqchilik va nafrat qarashlarga bir necha bor nishon bo‘lganini aytgan.

Sodiq Xon maktabni tugatib, Shimoliy London Universitetiga o‘qishga kirgan. Ayni vaqtni o‘zida u Christian Fisher tashkilotida beminnat ishlagan.

O‘sha yillari Sodiq Xon Saadi Ahmad ismli yurist qizga uylangan. Saadi Ahmad ham avtobus haydovchisining qizi bo‘lgan.

Musulmon siyosatchining tarixda ilk bor Londonga hokim etib saylangani Britaniyada adolat va irqiy tenglik tantanasi sifatida ko‘rilmoqda.

Ozodlik muxbiri bu haqda Londonda yashovchi o‘zbek jurnalisti Shodiyor Sayf bilan suhbatlashdi.

XS
SM
MD
LG