Линклар

logo-print

Misr poytaxti Qohiradan 35 kilometr sharqda joylashgan shaharda noma’lum hujumchilar 8 nafar politsiya xodimini, jumladan bir politsiya zobitini, o‘ldirganlar.

Misr Ichki ishlar vazirligi 8 may kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, niqob kiygan to‘rt qurolli shaxs politsiya avtomobilini to‘xtatib, uning ichida o‘tirganlarning hammasini otib tashlagan.

“Islomiy davlat” ekstremist guruhi ijtimoiy media orqali hujum uchun mas’uliyatni o‘zi zimmasiga oldi.

Ichki ishlar vazirligining aytishicha, leytenant va yana yetti nafar past rutbali politsiyachi o‘tgan tunda to‘rt nafar qurollangan shaxs tomonidan otib tashlangan.

2013 yil yozida Abdel Sisiy saylangan prezident Muhammad Mursiyni hokimiyatdan ag‘darganidan buyon yuzlab politsiyachi va askarlar o‘ldirildi.

XS
SM
MD
LG