Линклар

logo-print

Afg‘on rasmiylarining aytishicha, o‘limga hukm etilgan olti nafar Tolibon mahkumlari 8 may kuni, Prezident Ashraf G‘aniy farmoni bilan, dorga osildi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, olti nafar mahkum Kobulning Puli Charxiy qamqoxonasida qatl etildi.

Afg‘oniston prezidenti devoni tarqatga bayonotga ko‘ra, "Afg‘oniston konstitutsiyasiga muvofiq..., G‘aniy fuqarolar va jamoat xavfsizligiga qarshi mudhish jinoyatlarni sodir etgan olti nafar terrorchini qatl etishni imzoladi."

Tolibon o‘tgan oy Kobulga hujum qilib, 64 nafar odamni o‘ldirishi va 340 kishini yarador etishi ortidan G‘aniy jangarilarga nisbatan o‘z qarashlarini keskinlashtirgan edi.

G‘aniy Tolibonga qarshi qat’iy harbiy javob berishga va’da bergandi.

Xalqaro Amnistiya G‘anidan qatlning ijro etilishiga izn bermaslikka chaqirgandi.

XS
SM
MD
LG