Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:47

Afg‘onistonda transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi


Afg‘on rasmiylarining aytishicha, mamlakat sharqidagi shoh yo‘lda ikki avtobus va yonilg‘i ortilgan tankerning to‘qnashib ketishi oqibatida 73 odam halok bo‘ldi.

Halokat 8 may kuni ertalab G‘azniy viloyatining Muqur tumanida yuz berdi.

G‘azniy viloyati hokimining so‘zchisi, Jovid Solangiyning aytishicha, to‘qnashuv ortidan chiqqan alangada yana o‘nlab insonlar jarohat oldilar.

Rasmiylarga ko‘ra, shoh yo‘l tezlik bilan tozalanib yana ishga tushirildi.

Muqir politsiyasi ma’lumoti hodisa sababini o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Yo‘l qoidalariga deyarli rioya qilinmaydigan Afg‘onistonda halokatli hodisalar tez-tez yuz berib turadi.

XS
SM
MD
LG