Линклар

logo-print

Suriyada o‘n oycha muqaddam o‘g‘irlab ketilgan ispaniyalik uch jurnalist
vatanlariga qaytdi.

Xabarlarga ko‘ra, ular shanba kuni qo‘yib yuborilgan.

Xose Manuel Lopes, Anxel Sastre va Antonio Pampliega yakshanba kuni Madrid yaqinidagi Torrexon harbiy bazasiga keltirilgan.

Ular o‘tgan yil iyulida Suriyaning Halab shahri yaqinida o‘g‘irlab ketilgan edi.

Ismaniya ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, ularni Al Qoidaning Suriyadagi harbiy qanoti - "Jabhatan Nusra" jangarilari asir olgan.

Ispaniya hukumatining ma’lum qilishicha, jurnalistlar ittifoqchilar va do‘st mamlakatlar yordami bilan ozod etilgan.

Ta’kidlanishicha, ularni ozod etish amaliyotining oxirgi bosqichida Turkiya va Qatar yordam ko‘rsatgan.

2014 yil marti ham bir necha oy Suriyada tutqunlikda ushlab turilgan yana uch nafar ispan jurnalisti ozod etilgandi.

XS
SM
MD
LG