Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:31

Sobiq rektor: "Narxoz"dagi korrupsion sxemalarga oid maqolaga "aloqam yo‘q"


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq rektori Nodir Jumaev
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq rektori Nodir Jumaev

O‘zbekistondagi eng yirik oliy o‘quv yurtlaridan biri – Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining sobiq rektori, Nodir Jumaev, mazkur universitetda korrupsiya chuqur ildiz otgani haqidagi maqola unga "umuman" aloqasi yo‘qligini aytdi.

Bu haqda Nodir Jumaev 8 may kuni Ozodlikka bergan intervyusida ma’lum qildi.

40 yoshli professor Nodir Jumaev qalamiga mansub, deya taqdim etilgan va qator axborot vositalarida o‘tgan hafta chop etilgan maqolada Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida korrupsiya ildiz otgani, poraxo‘rlikning bu o‘quv yurtida shakllangan “klassik modeli mamlakatning boshqa struktura va o‘quv yurtlariga tarqalayotgani” iddao qilinadi.

"V Uzbekistane nachalsya protsess Narxozizatsii sotsialnogo kompleksa" nomli maqola muallifining yozishicha, “poraxo‘rlikning muvaffaqiyat bilan ishlayotgan klassik modeli ikki asosiy bosqichdan iborat:

Birinchi bosqich qabul komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, u mijozlardan (muallif shu so‘zni ishlatgan – tahr.) qabul qilishdan boshlanib, ularni universitetga qabul qilish bilan yakunlanadi.

Ikkinchi bosqich ta’lim bilan bog‘liq va o‘qishning birinchi kunidan boshlanib, mijoz-bitiruvchilarga tayyor diplomlar berish bilan yakunlanadi”.

Muallifga ko‘ra, har ikkala bosqich davomidagi hal qiluvchi omil poradir.

Maqolada aniq misollar bilan universitetda tomir otgan poraxo‘rlik ko‘rinishlari, foydalanilayotgan korrupsion sxemalarni ochib berishga, tushuntirib berishga urinilgan.

Ammo Nodir Jumaev maqola uning qalamiga mansub emasligi va unda zikr etilgan da’volarga qo‘shilmasligini bildirdi.

“Menimcha, men katta lavozimda ishlaganim va hozir unday lavozimda ishlamayotganim uchun “shuni nomidan bersak, jonli chiqadi”, degan qarorga kelishgan bo‘lishlari mumkin,” dedi u Ozodlik bilan suhbatda.

Maqolada, shuningdek, universitetdagi “poraxo‘rlikning klassik modeli”ni barpo qilish ustida konkret arboblar - akademiklar, bosh vazir o‘rinbosari “ter to‘kib ishlaganini” iddao qilinadi.

Nodir Jumaev bunday fikrlarga ham qo‘shilmasligini bildirdi.

Professor Jumaev bilan to‘liq suhbatni tinglang.

Нодир Жумаев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:32 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG