Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:32

Karimov faxriylarni G‘alaba bayrami bilan tabrikladi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mustaqillikdan beri ilk bor Xotira maydoniga kelib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘ydi.

8 may kungi nutqini Karimov: “Shu kunlarda yurtimizda, qishloq va shaharlarimizda, har bir oila va xonadonda kattayu kichik – barcha vatandoshlarimiz 9 may – Xotira va qadrlash kunini, Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 71 yilligini keng nishonlamoqda”, deya boshladi.

Uzmetronom sayti O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida “Ulug‘ Vatan urushi” va “G‘alaba kuni” birikmalarini uzoq yillardan beri birinchi marta tilga olayotganiga e’tibor qaratadi, ayni paytda nashr O‘zbekistonda urush faxriylari uchun bayram tadbiri Ukraina bilan bir kunda o‘tkazilayotganini ham pisanda qilib o‘tadi.

Yakshanba kungi nutqida Islom Karimov tinchlik-osoyishtalik haqida, harbiy paradlar o‘tkazish kuch namoyishidan boshqa narsa emasligi haqida, buyuk davlatlar kichik davlatlar bilan teng maqomda bo‘lishi lozimligi haqida, O‘zbekiston hech kimga o‘z hududidan harbiy baza uchun joy bermasligi va harbiy bloklarga qo‘shilmasligi haqida, qo‘shnilar bilan tinch-totuv yashash kerakligi va boshqalar haqida so‘zladi.

9 may O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni o‘laroq nishonlab kelinadi.

XS
SM
MD
LG