Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:53

Pokistonda taniqli huquq faoli otib ketildi


Pokistonning Karachi shahrida mototsikl mingan noma’lum shaxslar taniqli huquq himoyachisi Xurram Zakiyni o‘ldirib, yana ikki kishini yarador qilib ketdilar.

Pokiston politsiyasining ma’lum qilishicha, qurolli shaxslar Zakiyni do‘sti bilan yo‘l chetidagi restoranda ovqatlanib o‘tirgan paytda nishonga olganlar.

Bu hujum ortida kim turgani hozircha noma’lum.

Sobiq jurnalist Xurram Zakiy liberal diniy qarashlar targ‘ib etilgan va ekstremizmning har qanday shakli qoralangan sayt muharriri ham edi.

Zakiy ekstremistlarning tayanch nuqtasi hisoblanmish Islomoboddagi Qizil masjid imomi Abdul Azizga qarshi kampaniyani ham dastaklab kelardi. Faollar imomni mamlakatdagi shia mazhabi vakillariga qarshi fitna qo‘zg‘ayotganlikda ayblaganlar.

XS
SM
MD
LG