Линклар

O‘tgan hafta oxirida putinparast “Tungi bo‘rilar” baykerlar klubi a’zolari “G‘alaba yo‘llari bo‘ylab” deb nomlangan motoyurishi doirasida Chexiya poytaxtiga kirib bordi.

Praganing markaziy Vatslav maydonida rus baykerlarini chexiyalik faollar norozilik hayqiriqlari bilan kutib oldilar.

Hodisa aks etmish videoda Ukraina, AQSh, Yevropa Ittifoqi va NATO bayroqlarini ko‘tarib olgan faollarning rus baykerlariga qarata “Yo‘qolsin bosqinchilar!” va “Jomadon! Vokzal! Rossiya!” deya qichqirayotganlarini eshitish mumkin.

Hayqiriqlarga javoban baykerlar signal chalib, yo‘lida davom etganlar va Olshan qabristoniga borib, sovet askarlari qabriga gul qo‘yganlar.

“Tungi bo‘rilar”ning Moskva-Berlin yo‘nalishi bo‘yicha motoyurishi har yili o‘tkaziladi. O‘zlarining iddaolaricha, baykerlar shu tariqa “natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba”ni nishonlashga urinadilar.

Bu yil 29 aprel kuni Moskvada boshlangan aksiya, tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, 9 may kuni Berlinda yakuniga yetishi kerak.

XS
SM
MD
LG