Линклар

Turkiyalik harbiylar Suriya shimolida “Islomiy davlat” guruhiga qarshi o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida 55 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya axborot agentliklari xabar tarqatdi.

Xususan, Anadolu agentligi va Dogan yangiliklar xizmati xabariga ko‘ra, amaliyot chog‘ida Halab chekkalarida IShIDchilarga tegishli 3 avtomobil va 3 raketa otuvchi moslama nishonga olingan. Shuningdek, turk harbiylari Iroq shimolidagi Kurdiston ishchi partiyasi pozitsiyalariga ham zarba berganlar.

“Islomiy davlat” guruhi va Kurdiston ishchi partiyasi so‘nggi oylarda Turkiyada sodir etilgan bir necha hujum uchun mas’uliyatni zimmalariga olgandilar.

Avvalroq Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li “zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, Turkiya Suriyaga qo‘shin yuborishga tayyor” ekanini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG