Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:17

Poroshenko: Rossiya Ukrainasiz fashizmni yengolmagan bo‘lardi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko: “Agar Ukraina bo‘lmasa, Rossiya Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonolmasdi”, deya bildirdi.

Urush faxriylari bilan 8 may kuni o‘tkazilgan uchrashuvda Poroshenko ukrainaliklar Qizil armiya, sovet partizan otryadlari, aksilgitlerchi koalitsiyaga a’zo boshqa armiyalar safida hamda Ukraina isyonchilar armiyasi otryadlari tarkibida natsizmga qarshi jang qilganlarini qayd etdi.

“Bu urushda ukrainlarsiz g‘alaba qozonolmasdilar” deya ta’kidladi Poroshenko 2010 yilda “Rossiya Ukrainasiz ham Germaniya ustidan g‘alaba qozongan bo‘lardi” degan Vladimir Putin bilan go‘yo g‘oyibona bahsga kirishganday.

Ikkinchi jahon urushi yillari Rossiya va Ukraina Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar bo‘lgan.

O‘tgan yildan boshlab Ukrainada 8 may, Yevropaning boshqa ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi, Xotira va sulh kuni sifatida nishonlana boshladi. 9 may ham natsizm ustidan qozonilgan G‘alaba kuni sifatida bayram qilinadi.

Prezident Poroshenko bilan kecha uchrashgan faxriylar orasida Qizil armiya safida jang qilganlar ham, Ukraina isyonchilar armiyasining sobiq jangchilari ham bor edi.

XS
SM
MD
LG