Линклар

Qirg‘iz muxolifatchilari Qubanichbek Qadirov va Bektur Asanovning hibs muddati 12 iyulgacha cho‘zdirildi. Bu haqdagi qarorni 7 may kuni Bishkekning Birinchi may tuman sudi qabul qilgan. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga muxolifatchilarning advokati Daniyar Mamanov ma’lum qildi.

Qadirov va Asanov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Bishkekdagi tergov izolyatorida tutib turilibdi. Ular 2016 yil mart oyi oxirida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishda gumonlanib qo‘lga olingandilar.

Muxolifatchilarga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 2 moddasi bo‘yicha ayblov bildirilgan.

XS
SM
MD
LG