Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:53

Kobul qamoqxonasida Tolibon a’zosi bo‘lgan olti mahbus qatl etildi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.

Afg‘oniston rasmiylarining bildirishicha, o‘lim jazosiga hukm qilingan olti tolib 8 may kuni qatl etilgan.

Mahalliy matbuot qatllar Kobulning Pole Charxi qamoqxonasida amalga oshirilgani haqida xabar berdi.

Prezident ma’muriyati e’lon qilgan bildiruvda prezident “G‘ani Afg‘oniston konstitutsiyasiga muvofiq, fuqarolarga hamda ommaviy xavfsizlikka qarshi og‘ir jinoyatlarga qo‘l urgan olti terrorchi qatl etilishini ma’qulladi”, deyiladi.

Bildiruvda qatl etishlar adolatli sud jarayoni asosida, mamlakat konstitutsiyasiga hamda islomiy qonunlarga muvofiq ravishda amalga oshirilgani aytiladi.

“Afg‘onistonning inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini e’tiborga olgan holda hamda Afg‘oniston qonunlariga muvofiq ravishda, mazkur buyruq bugun amalga oshirildi”, deyiladi bildiruvda.

Prezident Ashraf G‘ani toliblar mamlakat poytaxtida amalga oshirgan yirik hujum ortidan jangarilarga qarshi kurashni kuchaytirdi.

G‘ani toliblarga qarshi keskin kurashishga hamda aybdorlarni ayovsiz jazolashga ont ichgan.

Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqaruvi qatl etilgan toliblarning shaxsini hamda ular qanday jinoyatlar uchun jazolanganini oshkor qildi.

Toliblar esa qatllar ularni “o‘z maqsadlari yo‘lida kurashishdan to‘xtata olmasligini, oxirgi 10 yil ichidagi janglar buni tasdiqlashini” bildirishdi.

Qatllardan avval toliblar G‘ani o‘lim jazosi hukmini ma’qullasa, buning oqibati “jiddiy” bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.

2001 yilda AQSh etakchiligidagi xalqaro koalitsiya Afg‘onistonda Tolibon tuzumini tugatganidan beri jangarilar hukumatga qarshi kurashib keladi.

Amnesty International tashkiloti prezident G‘anini o‘lim jazosini ma’qullamaslikka chaqirgan edi.

Tashkilot 4 may kuni e’lon qilgan bildiruvda “O‘tgan oyda Kobulda 64 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan dahshatli portlashlar uchun tezda o‘ch olishni istash orqali Afg‘oniston hukumati na terrorizmda aybdor topilgan bu shaxslar uchun loyiq jazo bera oladi, na Afg‘onistonning xavfsizligini yaxshilay oladi”, deyiladi.

XS
SM
MD
LG