Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:27

Tehron harbiylari yana bir ballistik raketani uchirdi


Eron yana bir ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Tehron bilan dunyoning 6 qudratli davlati o‘rtasida imzolangan yadroviy bitim amalga tadbiq etila boshlashi ortidan Eron bir nechta raketa sinovini o‘tkazdi.

Eronning yarim-rasmiy Tasnim agentligi armiya bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari general Ali Abdullohiyga tayangan holda 2000 kilometr masofaga ucha oladigan raketa ikki hafta avval sinovdan o‘tkazilganini xabar qildi.

Eronning so‘nggi paytlarda raketa sinovlarini o‘tkazayotgani Qo‘shma Shtatlar va Yevropaning ayrim davlatlari tarafidan keskin tanqid qilindi.

Eron raketa sinovlari Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha qudratli davlatlar bilan bitim imzolanganidan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan rezolyutsiyaga zid kelmasligini aytmoqda. Mazkur rezolyutsiyada Erondan yadroviy qurol tashiy oladigan raketalarni sinamaslik talab qilingan. Eron yaqindan beri sinayotgan raketalar yadroviy qurol tashiy olmasligini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG