Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:00

Sochida oltin medal olgan rossiyalik sportchilarning kamida to‘rttasi doping ichgani iddao qilinmoqda


Rossiya sportchilarining doping iste’mol qilganiga doir ma’lmotlarni oshkor qilgan Vitaliy Stepanov o‘z ixtiyorida Rossiya dopingga qarshi kurash idorasi sobiq rasmiysining Sochi olimpiadasida oltin medal yutgan sportchilardan kamida to‘rt nafari doping ishlatganini tan olgani yozib olingan audio borligini iddao qildi.

8 may kuni AQSh telekanalining 60 daqiqa dasturiga intervyu bergan Stepanovning aytishicha, 15 soatlik audio yozuvda Rossiya doping laboratoriyasining sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkov bilan suhbat yozilgan.

Stepanov doping ishlatgani iddao qilinayotgan sportchilar ismlarini keltirmadi. Uning aytishicha, Sochi olimpiadasida Federal xavfsizlik xizmati “doping nazoratchisi” sifatida harakat qillgan. “FSB Sochida dopingga qarshi jarayonning har bir bosqichini nazorat qilishga harakat qilgan”, dedi Stepanov.

Jahon dopingga qarshi kurash agentligi (WADA) matbuot vakili Ben Nikols tashkilot Stpenovning intervyusini ko‘rib chiqqani va uning iddaolarini “juda tashvishli”, deb hisoblashini bayon qildi. “Bu iddaolarni zudlik bilan o‘rganib chiqamiz”, dedi u Reyters agentligiga.

Rossiya dopingga qarshi kurash agentligi vakolati bekor qilingan va Moskva o‘z sportchilarining joriy yil avgustida Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘yilishi uchun qo‘yilgan talablarni bajarishga zo‘r berib harakat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG