Линклар

Tojikiston rasmiylari poytaxt Dushanbeda 9 may G‘alaba kuni terror xurujini amalga oshirish niyatida bo‘lgan “Islomiy davlat” eksrtemist guruhining to‘rt tarafdori qo‘lga olinganini bayon qildi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi tarqatgan bayonotga ko‘ra, Rossiya politsiyasi bergan ma’lumot asosida Tojikiston fuqarosi Doston Mengliqulov 6 may kuni Dushanbega uchib kelgach aeroportda qo‘lga olingan.

Rossiya politsiyasi 2 may kuni Moskvada bir necha nafar markazi-osiyolik Rossiya poytaxtida terror xurujini rejalaganlik aybi bilan qo‘lga olinishi ortidan Tojikistonga axborot yuborgan.

Mengliqulovning uch nafar sherigi Tojikiston janubida qo‘lga olingan aytilmoqda.

Qo‘lga olinganlarning barchasi Suriyadagi “Islomi davlat” guruhi buyrug‘iga binoan Tojikistonda terrorchi harakatlarni rejalaganlikda gumonlanmoqda.

Tojikiston hukumati yuzlab tojikistonlik Suriya va Iroqdagi IShID safiga qo‘shilganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG