Линклар

5 may kuni dunyodagi eng yirik megopolislardan biri – London shahri hokimi lavozimiga Leyboristlar partiyasi nomzodi, musulmon siyosatchi Sodiq Xon saylandi. Uning 8 million aholisi bo‘lgan va dunyoning moliyaviy markazlaridan biri hisoblangan shaharga hokim etib saylanishi nimani anglatadi?

OzodNazar ruknida Londondan jurnalist Pahlavon Sodiq bilan suhbat.

5 may kungi saylovda Sodiq Xon jami ovozlarning 56,8 foizini qo‘lga kiritib, Konservativ partiyadan bo‘lgan raqibi Zak Goldsmitdan 13 foizga o‘zib ketdi.

45 yoshli Sodiq Xon pokistonlik musulmon muhojirlar oilasida tug‘ilib, voyaga etgan.

Otasi 25 yil davomida Londonda avtobus haydovchisi bo‘lgan, onasi tikuvchilik qilgan Sodiq Xon inson haqlari bo‘yicha huquqshunos sifatida tanilgan.

Uning saylovda g‘alaba qilishi mulьtikulturalizm siyosatiga qarshi bo‘lgan davlatlaru siyosatchilarning ochiq tanqidlarini kuchaytirdi.

Xo‘sh, oddiy muhojir oilasida o‘sib voyaga etgan siyosatchining 8 million aholisi bo‘lgan va dunyoning eng yirik moliyaviy markazlaridan biri hisoblangan shaharga hokim etib saylanishi nimani anglatadi?

OzodNazar ruknida bu haqda Londondan jurnalist Pahlavon Sodiq bilan suhbatlashdik.

XS
SM
MD
LG