Линклар

Yevropa Futbol Uyushmalari Ittifoqi – UEFA prezidenti Mishel Platinini lavozimidan olti yilga chetlatish qarori Lozannadagi Sport masalalari bo‘yicha arbitraj sudi tomonidan mshatildi, lekin bekor qilinmadi.

9 may kuni sud qarori e’lon qilinishi ortidan 60 yoshli Platini UEFA rahbariligidan butunlay iste’foga ketishini bildirdi.

Platini va FIFA sobiq prezidenti Zepp Blater o‘tgan yili etik qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilgan edi. Bunga FIFA tomonidan Platiniga 2 million AQSh dollari to‘langani sabab bo‘lgan. Ikkala mulozim qonunni buzganlarini inkor qilishgan.

9 may kuni Platinining advokatlari e’lon qilgan bayonotda “Mishel Platini UEFAning kelgausi kongressida tashkilot prezidenti lavozimidan iste’fo berishini e’lon qiladi”, deyiladi. Unda shuningdek, fransiyalik mashhur futbolchi “adolatsiz” qarordan “juda taassufda” ekani ham qo‘shimcha qilingan.

XS
SM
MD
LG