Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:25

OzodlikOnline: O‘zbekistonda haydovchining bolasi hokim bo‘la oladimi?


Pokistonlik muhojir haydovchining o‘g‘li Sodiq Xon dunë moliyaviy markazi sanalgan London hokimligiga saylandi. Sodiq Xon muvaffaqiyati¸ G‘arbda kimning bolasi ekanidan qat’iy nazar¸ iste’dodli va uzoqni ko‘ra oladigan shaxslarning hokimiyat va biznes pillapoyalaridan ko‘tarilish imkoni mavjudligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda shunday imkon bormi?

5 may kuni dunyodagi eng yirik megopolislardan biri – London shahri hokimi lavozimiga asli pokistonlik Sodiq Xon saylandi.

Muhojir haydovchi ota va tikuvchi onaning sakkiz bolasidan beshinchisi bo‘lgan Sodiq Xon saylovda Britaniyadagi eng nufuzli zodagon va milliarder oilaning farzandi Zak Goldsmit ustidan 13 foiz ustunlik bilan g‘olib bo‘ldi.

Kambag‘al muhojir-musulmon bolasining milliarder-lordlar o‘g‘lidan halol va shaffof saylovda o‘zib¸ hokimiyatga kelishi Britaniyada aql¸ talant va xarizmaga ega shaxslarning o‘sish istiqboli nisbatan ochiq ekanini ko‘rsatdi.

(Kambag‘alning iste’dod va bilim orqasidan qisqa muddat ichida badavlat bo‘lishi¸ hokimiyatga kelish imkonini anglatuvchi “Amerika orzusi” ko‘pchilikka tanish hodisa.)

Sizningcha¸ O‘zbekistonda¸ o‘zbek jamiyatida shaxsning ijtimoiy qatlam quyisidan uning tepasiga chiqishiga imkon beruvchi pillapoya¸ yoinki “liftlar” bormi?

O‘z haëtingizda¸ avtobus haydovchisi bolasining hokim bo‘lgani¸ cho‘pon bolasining vazir bo‘lganiga guvoh bo‘lganmisiz?

O‘zbekistonda insonlarning ijtimoiy kelib chiqishi emas¸ balki aql-iste’dodi bilan yuksalishiga qanday to‘siqlar bor?

Bu to‘siqlar ildizi boshqaruv tizimi tabiatidami ëinki ijtimoiy ong¸ an’anaviy zehniyatdami?

Siz o‘z farzandlaringiz uchun “ijtimoiy lift”ni qaerda ko‘rasiz?

Bu haqdagi mulohazalaringiz bilan seshanba¸ 10 may kuni Toshkent vaqti bilan oqshomgi saot 7 dan 8 ga qadar jonli¸ interaktiv muloqotda qatnashing.

Muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari¸ shuningdek¸WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420 724 971 539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG