Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:25

Turkmanistonda sigaret kontrabandasi bilan shug‘ullangan qirg‘iz diplomati qo‘lga olindi


Turkmanistonda sigaret kontrabandasi uchun qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarosi elchixona xodimi bo‘lgan. Bu ma’lumotni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga tasdiqlagan.

Aytilishicha, 36 yoshli Manas O‘smo‘nov Qirg‘izistonning Turkmanistondagi elchixonasida texnik xodim bo‘lib ishlagan. Vazirlik iddaosicha, u rahbariyatning ruxsatisiz shaxsiy avtomobilida Turkmanistonni tark etmoqchi bo‘lgan. Turkmaniston huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinganidan keyin O‘smo‘nov vazifasida ozod qilingan.

Turkman nashrlarining xabar qilishicha, Manas O‘smo‘nov 2016 yil 17 aprelida “Farap” chegara-o‘tish maskanida ushlangan. Qo‘lga olingan paytda uning Toyota Highlander rusumli avtomobilidan kontrabanda yo‘li bilan xorijdan olib kelinayotgan yirik miqdorda sigaret partiyasi topilgan.

XS
SM
MD
LG