Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

Aprel oyida Toshkentda kvartiralar 2 foizga arzonladi


Toshkentda ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narx aprel oyida martdagiga nisbatan 2 foizga arzonladi. Hozirda bu kvartiralarning 1 kvadrat metri avvalgidek 633 dollardan emas, balki o‘rtacha 623 dollardan sotilmoqda. Bu haqda Gazeta.uz nashri CREDO MAX ESTIMATION tashkiloti ma’lumotiga tayangan holda xabar qiladi.

Xabarga muvofiq, o‘tgan oy Toshkentda beton uylarning kvadrat metri 590 dollardan to‘g‘ri kelgan. Mart oyida bu ko‘rsatkich 600 dollarni tashkil etgandi. G‘ishtli uylarning kvadrat metri esa aprelda o‘rtacha 663 dollardan baholangan (martda 677 dollar edi).

Aprelь oyida Toshkentning 11 tumanidan 9 tasida uylar narxi biroz pasaygani, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida esa aksincha ozroq ko‘tarilgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG