Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:08

Pentagon: IDning Anbar viloyatidagi qo‘mondoni o‘ldirildi


AQSh rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Iroqning Anbar viloyatidagi “Islomiy davlat” guruhi qo‘mondoni Abu Vahib koalitsiya kuchlarining havo zarbasi chog‘ida o‘ldirilgan.

Pentagon matbuot kotibi Piter Kukning bildirishicha, Abu Vahib va uning uch sherigi 6 may kuni ular tushgan avtomobil nishonga olingani natijasida halok bo‘lgan. Kukning aytishicha, Abu Vahib avval Al-Qoida guruhi a’zosi bo‘lgan va “Islomiy davlat” tomonidan tasvirga olingan qatl sahnalarida ko‘rinish bergan.

ID qo‘mondoni aviazarba nishoniga aylangani haqida avval ham xabarlar paydo bo‘lgandi, biroq Kukning bayonoti bu borada harbiylar tomonidan berilgan ilk rasmiy bildiruvdir.

AQSh boshchiligidagi xorijiy koalitsiya “Islomiy davlat” guruhi Iroq va Suriyaning kattagina hududini egallab olgan 2014 yildan beri guruh pozitsiyalariga havodan zarba berib keladi.

XS
SM
MD
LG