Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:12

Qrim tatarlari majlisi YeIdan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so‘ramoqda


Qrim tatar xalqi majlisining lideri, Ukraina Oliy radasi deputati Refat Chubarov Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga, jumladan, jilla qursa vaqtincha neft uchun embargo joriy qilish va Moskvani xalqaro SWIFT bank kommunikatsiyasi tizimidan uzib qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda Chubarov Ukrainaning “Gromadske TV” telekanali efirida bildirdi.

“Qrim tatarlariga qarshi qatag‘on kuchayishi qabatida bizning vazifamiz xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga qarshi yanada keskinroq sanksiyalar joriy qilishga moyillashtirish bo‘lishi kerak”, dedi Chubarov.

12 may kuni Yevroparlament Rossiya tomonidan qrim tatarlari huquqlarining buzilishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani muhokama qiladi. Kun tartibiga Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda tatarlarga nisbatan qonun ustivorligi va demokratiya muammolari haqida debatlar o‘tkazish ham rejalangan.

26 aprel kuni Moskvaga tobe’ Qrim Oliy sudi Qrim tatar xalqi majlisini ekstremistik tashkilot o‘laroq tan oldi va Rossiya hududida bu tashkilot faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. Amnesty International xalqaro tashkiloti bu qarorni qoraladi.

2014 yilda Qrim tatarlar majlisi Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishiga qarshi chiqqan. O‘tgan yilning 20 sentyabridan Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni izolyatsiya qilish bo‘yicha muddatsiz fuqaroviy aksiya boshlangan. Aksiya ishtirokchilari siyosiy mahbuslarning ozod etilishi, xalqaro kuzatuvchilarning Qrimga to‘siqsiz kiritilishi va yarimorolda qrim tatarlariga qarshi qatag‘onning to‘xtalishini talab qilmoqdalar.

XS
SM
MD
LG