Линклар

Nyu Yorkdagi mahkama O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaga oid ko‘rilgan 850 million AQSh dollarilik mablag‘larning konfiskatsiya etilishi bilan bog‘liq ishni to‘xtatgan.

AQSh va O‘zbekiston hukumatlari iltimosiga ko‘ra, Vashington va Toshkent muzlatilgan pullar taqdirini sudsiz kelishib olishlariga imkon berish uchun shunday qarorga kelingan.

Bu erda gap korrupsion sxemalar orqali orttirilgani da’vo qilinayotgan Shveytsariya banklaridagi 550 million AQSh dollari, AQSh, Irlandiya,Lyuksemburg, Belgiya banklarida hibs etilgan 300 million dollarlik mablag‘lar haqida bormoqda.

AQSh Adliya departamenti hibs etilgan mablag‘larni o‘z tasarrufiga o‘tkazish uchun qonuniy chora ko‘rishni boshlagandi.

O‘zbekiston tomoni esa Nyu York mahkamasi hakamiga maktub yozib, korrupsiyaga aloqador shaxslar jazoga tortilganini pesh qilishan xolda AQShdagi advokatlik shirkati orqali pullar O‘zbekistonga qaytarilishi kerak, degan talabni ilgari surgandi.

Nyu York Janubiy Distrikt mahkamasi bu ish yuzasidan AQSh va O‘zbekiston rasmiylariga o‘zaro muzokara olib borish va mumkin yechimga kelishish uchun muddat belgilagan.

Agar tomonlar pullarning taqdiri yuzasidan muzokara olib borib, ma’lum bir yechimga kelmasalar mahkama qayta boshlanishi mumkinligi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG