Линклар

Qashqadaryo viloyatidan 7 yil muqaddam pul topish uchun Rossiyaga borgan 54 yashar quruvchi - Afg‘on urushi faxriysi Jo‘raev Tirkash 3 yil muqaddam pasportini yo‘qotib qo‘ygani, ammo shu kunga qadar uni tiklay olmayotganini aytmoqda.

Uning arzicha, roppa-rosa 3 oy O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga qatnagan, ammo pasporti yo‘qolgani haqida hujjat ololmagan:

- Pasportim yo‘qolgandan keyin elchixonaga qatnadim. O‘zbekistondan oilangiz 9-formani jo‘natsin, dedi. Ular jo‘natishdi, elchixonaga berdim. Shundan keyin ertaga keling, indinga keling, deb cho‘zishaverdi. 3 oy sarsonim chiqib ketdi. Bittta botinkam eskirdi, qancha pulim ketdi, lekin, elchixonada ishim bitmadi. Uzundan-uzoq navbat har kuni. Oxiri, bor-ey, deb qo‘l siltadim. Shundan beri bekitiqcha ishlayapman. Nima qilay axir, menga amaliy yordam beradiganlar bormi?! - dedi Ozodlik bilan suhbatda Tirkash Jo‘raev.

Quyida u kishi bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG