Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:22

Xotinini bokira emaslikda ayblagan er jarimaga tortildi


Tojikistonning Mo‘minobod tuman sudi xotinini bokira emaslikda ayblagan shaxsga 600 somoni (75 AQSh dollari) miqdorida jarima soldi. Ma’naviy zararni undirish maqsadida kuyovni shaxsiyati toptalgan kelin sudga bergan edi.

Mo‘minobod tumanida istiqomat qiladigan 21 yashar Madina Hakim erga tekkan paytida uni bokira emaslikda ayblagan sobiq eridan 10 ming somoni (1250 AQSh dollari) miqdorida ma’naviy zarar undirishni so‘rab, sudga berdi. Sud javobgar tomon oilasining moddiy imkoniyatlari cheklangani bois, unga 600 somoni jarima soldi.

Madina Hakimning aytishicha, u o‘tgan yili hamqishlog‘iga turmushga chiqqan, biroq uch kundan so‘ng yangi kuyov uni bokira emaslikda ayblab, haydab yuborgan edi.

Shundan so‘ng Madina kuyov va uning oilasiga o‘zining “qiz bola” ekanligini isbotlash uchun sud tibbiy ekspertizasidan o‘tishga majbur bo‘lganini aytadi:

“Men o‘zimning bokiraligimni tasdiqlaganimdan keyin erimning uyiga qaytdim. Biroq, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng, uning oila a’zolari meni tahqirlay boshladi. Erim mendan oldin boshqa qizni yaxshi ko‘rganini va mendan tezroq qutulish uchun shunday tuhmat qilganini bildim”, dedi Madina.

Shundan so‘ng Madina otasining uyiga butunlay ketib qolgan va sobiq eridan ma’naviy zararni undirish uchun uni sudga ariza bergan.

Madinaning sobiq eri Manuchehr Ro‘ziev Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Madinaning bokira emasligini kechirganini va uni uyga qaytarganini, biroq ayolining o‘zi uyiga ketib qolganini aytdi.

Tojik jamiyati an’analariga ko‘ra, qizlar erga tekkanda bokira bo‘lishi shart. Agar birinchi nikoh oqshomida qizning bokira emasligi tasdiqlansa, uni sharmandalarcha haydab yuborishadi. Odatda bunday qizlarni ota-onalari ham uylariga qabul qilishmaydi va ularning obro‘siga bir umr dog‘ tushgan hisoblanadi.

Musulmon jamiyatida qizlarning yurish-turishiga juda katta ahamiyat beriladi va ularning bokiraligini to‘ygacha saqlash ota-onalarga qo‘yilgan eng birinchi talab bo‘ladi. Shuning uchun ham ota-onalar o‘z qizlarini juda qattiq tarbiya qilishadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Respublika sud-tibbiy ekspertizasi markaziga Dushanbe va unga qo‘shni bo‘lgan tumanlardan bokiralikni tasdiqlatish uchun 600ta ariza tushgan. Odatda bunday arizalarni to‘ydan keyin qizi bokira emaslikda ayblanib, haydab yuborilgan qizlarning ota-onalari berishadi.

XS
SM
MD
LG