Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:24

Bugun Bangladeshda islomiy partiya rahbari dorga osildi


Bangladeshda islom siyosiy partiyasining raisi Motiur Rahmon Nizomiyga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi ijro etildi. 72 yoshli Nizomiy 11 may kuni erta tongda Dakka shahar qamoqxonasida dorga osildi.

Nizomiy 1971 yilda mustaqillik uchun olib borilgan urushda og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan edi. O‘tgan haftada uning sud hukmiga nisbatan shikoyat arizasiga rad javobi berilgan.

Bangladesh hududida jazoni ijro etish arafasida xavfsizldik choralari kuchaytirildi. Yuzlab odamlar Nizomiyga nisbatan jazo ijro etilishini olqishlab, namoyishga chiqdi. Nizomiy tarafdorlari esa qamoqxona oldida norozlik mitinggi o‘tkazdi.

Jamoati Islomiy partiyasi rahbari Motiur Rahmon Nizomiy 1971 yilgi urush davomida qotilliklar, zo‘rlashlar va intellektuallarni o‘ldirishni uyushtirishda ayblangan.

Islom partiyasi arboblariga nisbatan 2013 yilda o‘tkazilgan sud jarayonlari Bangladeshda zo‘ravonliklarni keltirib chiqargan edi. Zo‘ravonliklarda 500ga yaqin odam jabrlangan, minglab islomchi hibsga olingan.

XS
SM
MD
LG