Линклар

logo-print

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida xudkush terrorchi portlovchi modda yuklangan avtomashinani portlatishi oqibatida kamida 10 odam halok bo‘ldi, 23 odam yaralandi.

Xabarda aytilishicha, portlash 10 may kuni Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan Nazyon shahrida sodir etilgan. Nangarhor viloyat politsiyasi rahbari Zaravar Zohidning bildirishicha, portlash janggarilarga qarshi ko‘ngillilar otryadlarini tashkil qilayotgan qabila oqsoqoli Malik Dehqonga qarshi uyushtirilgan. Malik Dehqon yaralanganlar orasidan topilgan.

Portlash uchun mas’uliyatni hozircha hech bir guruh zimmasiga olgan emas.

Nangarhor viloyatining chegara oldi tumanlarida so‘nggi oylarda Tolibon va hukumat kuchlari o‘rtasida qaqshatqich janglar bo‘lib o‘tmoqda.

XS
SM
MD
LG