Линклар

logo-print

Prezident Obama atom bombasi tashlangan Xirosimaga kelgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ladi.

Oq uyning bildirishicha, prezident Xirosimaga 27 may kuni Osiyo safari doirasida tashrif buyuradi. Mazkur safar doirasida Obama Vyetnamga ham boradi. Yaponiyada AQSh prezidenti G-7 sammitida ishtirok etadi.

Oq uyning 10 may kuni tarqatgan bayonotida aytilishicha, “Xirosima safari AQShning yadroviy qurollarsiz tinch va xavfsiz dunyo” prinsipiga sodiq ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda prezident Xirosimga tashlangan atom bombasi uchun rasman uzr so‘ramaydi.

AQSh harbiy samolyotlari 1945 yilning 6 avgustida Xirosimga 15 kilotonnali atom bombasini tashlagani oqibatida bir necha daqiqa ichida 80 ming odam halok bo‘lgan edi. Yaponiyaning Nagasaki shahriga 9 avgust kuni tashlangan ikkinchi atom bombasi Ikkinchi jahon urushi yakunlanishini tezlashtirgan.

XS
SM
MD
LG