Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:28

Italiyada Rim, Parij va Londonda terror uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi


Italiya hukumati mamlakatda terror harakatlarini rejalashtirgan ikki nafar afg‘onistonlik va bir nafar pokistonlik qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, qo‘lga olinganlar Italiyadan tashqari Britaniya va Fransiyada ham terror hujumlari uyushtirishni rejalashtirgan.

Prokuror Roberto Rossi qo‘lga olinganlar terror hujumlarini amalga oshirishlari aniq bo‘lgani yuzasidan hech qanday isbotlar yo‘qligini aytdi. Biroq prokurorga ko‘ra, qo‘lga olingan Hakim Nosiriy, Guliston Axmadzay, Zulfiqor Amdjad xalqaro terrorchilik va noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashishda gumon qilinmoqda.

Qo‘lga olinganlarning telefonlaridan, musodara qilingan video va foto materiallardan kelib chiqib, tergovchilar Bari, Rim, Parij va Londonda terror hujumlari rejalashtirilgan, degan xulosaga kelgan.

XS
SM
MD
LG