Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:02

Toshkentda jahon bozorini tahlil qilish markazi tashkil qilinmoqda


Bir oy mobaynida Toshkentda jahon bozorini, sarmoyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki qoshida mazkur markazni tashkil etish haqida vazirlar mahkamasi 5 may kuni qaror chiqargani haqida o‘zbek matbuoti seshanba kuni xabar berdi.

Markaz jahon bozorlarini, taraqqiy etgan mamlakatlardagi texnologik yangiliklarni tahlil qiladi hamda mana shu asosda iqtisodiyotning muayyan tarmoqlariga sarmoyaviy faoliyat yuzasidan konkret tavsiyalarni ishlab chiqadi.

Markaz, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiladi, ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha axborot almashadi.

XS
SM
MD
LG