Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:42

Og‘iri bolalar yelkasiga tashlangan metallolom biznesining egasi kim?


O‘zbekistonda metallolom biznesining egasi kim?

Mamlakat bo‘ylab metallolom yig‘ish bosimini his qilmagan o‘zbekistonlik yo‘q hisobi. Byudjet tashkilotlari ishchi-xizmatchilari metallolom yoki uning pulini berishga majburlansa¸ ota-onalar maktabdagi har bir bolasi uchun 30 kg metallolom¸ 10 kg makulatura topshirishga majbur. Ozodlikka murojaat qilaëtgan o‘zbekistonliklar bu jarayonning mafiya manfaatiga xizmat qiluvchi zanjirga aylanganini taxmin qiladilar.

Toshkent viloyati shaharlaridan birida yashovchi onaning Ozodlikka aytishicha¸ metallolom “balosi” o‘z hayotini tinimsiz ta’qib qilaëtgan ëmon tushga o‘xshaydi.

- 90-yillarda o‘zim o‘quvchi bo‘lganimda¸ metallolom olib bormasam¸ izza qilishardi. Shuni qaerdan bo‘lsa ham topib¸ bu qo‘rquvdan qutulish uchun yashaganimni eslayman. Oradan 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tib¸ ayni maktabga qatnayotgan bolalarim ham ayni ahvolga solingan. Har biri 30 kilo metallolom topshirmasa¸ o‘qituvchidan gap eshitadi¸ izza qilinadi. Bolangiz uchun nimalar qilmaysiz. Shular qiynalmasin deb¸ ota-onalar to‘planib¸ mashina topib¸ metallolom sotuvchilaridan uni sotib¸ maktabga topshiramiz. Kimdan olib¸ kimga topshiraëtganimizni¸ nima uchun bolalarimiz ham davlat nomidan qandaydir sirli odamlarga metallolom topshirishi kerakligini umuman tushunmaymiz. Biz ko‘pimiz oliy ma’lumotli odamlarmiz va savolimizga jo‘yali javob berilishini istaymiz. Lekin javob beradigan yo‘q¸ deydi Ozodlikka murojaat qilgan toshkentlik onalardan biri.

Metallolom bosimi haqidagi suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Металлолом ҳақида тосҳкентлик она билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:42 0:00
Бевосита линк

Termizdagi “Hamkorbank” mayda dollar berib¸ bizni zararga qo‘ymoqda

OzodMikrofonga Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan qo‘ng‘iroq qilgan yigitning aytishicha¸ shahardagi “Hamkorbank” sho‘’basi mijozlarga xorij¸ asosan¸ Rossiyadan yuborilayotgan dollarlarni 5-10 bollarlik banknotalarda bermoqda. Bu ishning muammoli jihatiga to‘xtalgan mijozga ko‘ra¸ bankdan olingan dollarni qora bozorda so‘mga aylantirganda¸ kichik kupyuralar uchun 50 yoki 100 dollarlikdan ko‘ra ancha past baho beriladi¸ yoki sarroflar uni olishni istamaydi:

- Onam Rossiyadan har oy oldinlari 200-100 dollar yuborib kelgan bo‘lsa¸ Rossiyada dollar ko‘tarilib ketganidan so‘ng¸ 50 dollar yuboradigan bo‘lib qoldi. Shu 50 dollarni bitta banknota qilib ber¸ desangiz¸ bankdagilar bermaydi. Mayda dollarni esa¸ valyutchiklar olmaydi¸ yo voobshe arzonga oladi. Mayda dollarni almashtirganda kamida 20 ming yo‘qotayapmiz. Bank bizga “xohlasang shu¸ xohlamasang katta ko‘cha” deydi. Uzundan-uzun navbat kutib¸ kassaga etgandan keyin shunaqa ahvol. Katta kupyuralarni o‘zlari va tanishlariga berishadi. Mijozning haqqi yo‘qmi¸ deydi termizlik yigit.

To‘liq suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Термиздаги "Ҳамкор банк" катта доллар бермаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:50 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG