Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:30

BahsOnline: O‘zbekistonda stalinizm timsollarini taqiqlash kerakmi?


Ozodlikning BahsOnline eshittirishida bu gal sovet tuzumiga qaytish va repressiya timsoli bo‘lgan Stalin shaxsiga sig‘inish alomatlarining o‘zbeklar zehniyatidagi yashovchanligini muhokama qilamiz.

Toshkentning Cho‘ponota (Ilgarigi Volgograd) ko‘chasida joylashgan "Birodarlar qabristoni" memorial majmuasida Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan 9 may kungi "Barhayot polk" aksiyasida Stalin rasmini ko‘tarib turishdi.

Stalin haykali haqida maqola yozgan mustaqil o‘zbek jurnalisti Aleksey Volosevichga ko‘ra¸ O‘zbekistonda Stalin timsollarini taqiqlovchi qonun yo‘q:

- Lazokat Xolmirzaevaning uyida turgan Stalin haykali haqida yozganimdan keyin¸ haykalni olib ketib qolishdi. Haykalni musodara qilishga qonuniy asos yo‘q. Chunki, O‘zbekistonda stalinizm rasman taqiqlanmagan. Stalinga sig‘inish¸ uning haykallarini uyda saqlash borasida qonunda biror bir cheklov yo‘q, - deydi jurnalist.

Bundan oldin Qozog‘iston janubida joylashgan Eski Iqon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi etnik o‘zbeklar Iosif Stalin haykalini tiklagan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonning Boysun tumanidagi tomorqalardan birida Stalin haykali o‘rnatilgan.

Bu ahvol minglab o‘zbek ziyolilarini qatag‘on qilgan Iosif Stalin vafot etganiga 63 yil to‘lgan bir paytda ko‘zga tashlanmoqda.

Sobiq sovet kommunistlarining stalinizmdan rasman voz kechganiga 59 yil bo‘ldi.

Rasmiy bayonot va va’zlarida voz kechgani bilan kommunistlar amalda stalinizmdan voz kecholmadilar va Stalin lagerlarida o‘lgan-o‘ldirilgan millionlab aristonning suyaklari ustiga qurilgan sovet davlati, oxir-oqibat, parchalanib bitdi.

Bu parchalanish stalinizmdan batamom qutulishning tarixiy imkoni edi.

O‘zbeklar 25 yil burun bu tarixiy imkoniyatdan foydalana oldilarmi¸ bugungi o‘zbek jamiyati tiynatida totalitarizm¸ repressiya timsoli sifatida ko‘riladigan stalinizmning ulushi qancha?

Nega Stalin tug‘ilgan yurt Gruziyada bekor bo‘lgan taqiq va cheklashlar O‘zbekistonda hanuz amalda?

Bu savollar javobini BahsOnlineda izlaymiz.

BahsOnline jonli muloqotining navbatdagi soni 12 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:05 da boshlanadi!

Marhamat, bizga bog‘laning:

OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari¸ shuningdek¸WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420 724 971 539 raqamiga telefon qilish orqali bahsda ishtirok etishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG