Линклар

11 may kuni Gruziyada AQSh va Gruziya harbiylari o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandi. Bu mashg‘ulotlar 26 mayga qadar davom etadi.

Rossiya hukumati qo‘shma mashg‘ulotlar Kavkaz mintaqasidagi vaziyatni beqarorlashtiradi, deya qoralagan.

2008 yilda Rossiya va Gruziya o‘rtasida qisqa muddatli urush bo‘lgan va o‘shandan buyon Rossiya o‘zini mustaqil, deb e’lon qilgan Janubiy Ossetiya hamda Abxaziya o‘lkalarini quvvatlab keladi.

Tbilisi rahbariyati mashg‘ulotlarda jami 1 ming 300 askar qatnashishini bildirgan. AQSh tomonidan 650, Gruziya armiyasidan 650 hamda Britaniya armiyasidan 150 harbiy ishtirok etadi.

5 may kuni AQSh armiyasining tanklari va qurollangan harbiylar Qora Dengizdagi Poti bazasiga borgan.

XS
SM
MD
LG